Ukraina shaharlari namoyishlar ortidan siyosiy bo’hronga yuz tutar ekan, xalqaro reyting agentligi mamlakatning qarzlarni uza olish salohiyatini bir pog’ona pasaytirdi. Rossiya esa yangi hukumat tuzilguncha va’da qilingan moliyaviy yordamni to’xtatib turishga qaror qildi. Iqtisodiy muammolar vaziyatni yanada chigallashtirmoqda.
Mustaqillik maydonida inqilob ruhini aks ettiruvchi eski urush filmlari namoyish etilmoqda. Ularda II Jahon urushi davrida ruslarga qarshi kurash olib borgan istiqlolchilar harakati tasvirlangan.
Ko’chalarda esa namoyishchilar Rossiya himoyasidagi hukumatni ag’darish niyatida.Mustaqillik maydonida inqilob ruhini aks ettiruvchi eski urush filmlari namoyish etilmoqda. Ularda II Jahon urushi davrida ruslarga qarshi kurash olib borgan istiqlolchilar harakati tasvirlangan.
Noyabr oyida Kreml Kiyevga 15 mlrd. dollarlik yordam va’da qilgan edi.
Ammo 29-yanvar kuni vazirlari bilan suhbatda Rossiya rahbari Vladimir Putin bu ko’makni to’xtatib turish niyatida ekanini bildirdi.
“Bu mantiqiy qaror. Ukrainada yangi hukumatning tuzilishini kutaylik”, - deydi Putun.
Bir kun avval “Standard & Poors” xalqaro agentligi siyosiy institutlar zaiflashgani sababli Ukrainaning mustaqil qarzdorlik bahosini bir pog’ona pastga tushirdi.
Lekin mamlakat iqtisodiyoti jiddiy tahdid ostida emas, deydi Menejment milliy akademiyasi professori Oleg Soskin.
“Siyosiy xavf va to’qnashuvlar iqtisodiyotga u qadar ta’sir ko’rsatayotgani yo’q. Yuz berayotgan bu voqealar va iqtisodiy barqarorlik o’rtasida to’g’ridan to’g’ri aloqa bor deyolmaymiz”, - deydi u.
Xalqaro bozorlarda po’latga talabning kamayishi oqibatida Ukraina yalpi ichki mahsuloti 2009-yilda bir yil oldingi ko’rsatkichga qaraganda 15 foizga kamaydi. Ishlab chiqarish esa Sovet Ittifoqi qulashidan oldingi 1989-yil darajasidan past.
Xalqaro valyuta jamg’armasi prezident Yanukovichni davlat xarajatlarini ko’paytirishda va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmayotganlikda ayblaydi.
Parlamentdagi muxolifat vakili Lesya Orobets namoyishlarga iqtisodiyotdagi muammolar ham sabab bo’layotganini aytadi.
“Uzoq yillardan beri turg’unlikdamiz. Yalpi ichki mahsulot kamayib boryapti. Maoshlar oshmayapti. Demak iqtisodiy pasayishdamiz. Odamlar ko’tarilganining sabablaridan biri shu”, - deydi qonunchi.
Yana bir sabab - korrupsiya. “Transparency International” xalqaro tashkilotining poraxo’rlik darajasini belgilovchi ro’yxatida Ukraina 177 davlat orasida 144-o’rinni egallagan. Bu Yevropadagi eng yomon ko’rsatkich.
Masalan, Kiyev tashqarisidagi 1 kilometrlik ko’prikni qurish uchun 1,1 mlrd. dollar ajratilgan. Qurilish yakunlanganida xarajatlar nuqtai nazaridan bu dunyodagi eng qimmat ko’prik bo’ladi. Tanqidchilar fikricha, shuning o’zi hukumatda korrupsiya keng quloch yoyganini ko’rsatadi.
Hukumat ayblovlarni inkor etadi. Ammo poraxo’rlik jamiyatda avj olgani rost, deydi iqtisodchi Oleg Soskin.
“Korrupsiya Ukrainada gullab-yashnamoqda. Qayerga qaramang, davlat aralashgan loyihalarning hammasida korrupsiya bor. Xarajatlarning 50-60 foizi korrupsiyaga ketadi”, - deydi u.
Iqtisodiy muammolar o’sib borar ekan, prezident Yanukovich mamlakat kelajagini Rossiya bilan ko’rmoqda. Ammo namoyichshilar fikricha, ko’proq savdo va qonun ustuvorligini Yevropa olib keladi. Kelajak haqidagi bu qarama-qarshi fikrlar Kiyev ko’chalarida bir-biri bilan to’qnashmoqda. Siyosiy beqarorlik oqibatda iqtisodiyot uchun ham qimmatga tushishi aniq.