Xalqaro valyuta jamg’armasi Ukrainaga 18 milliard dollarlik kredit berishini aytmoqda. Biroq buning uchun oldin Kiyev iqtisodiy islohotlarni o’tkazishi kerak.
Agar Ukrainaga moliyaviy yordam berishni va’da qilgan mamlakatlar so’zining ustidan chiqsa, kelasi ikki yilda Ukraina 27 milliard dollar atrofida kredit olishi mumkin.
Ukraina muvaqqat bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning parlamentga bugun aytishicha, iqtisodiyot yil oxirigacha 10 foizga qisqarishi kutilmoqda. Ukraina iqtisodiy va moliyaviy kasod yoqasida, dedi u.
Xalqaro valyuta jamg’armasiga ko’ra, respublikada iqtisodiy o’sish keskin sekinlashgan, xorijiy valyuta zaxiralari tugay deb turibdi.
Jamg’arma islohotlar qatorida Ukrainadan valyuta ayirboshlash kursini erkin qo’yishni, aholiga gaz, benzin va elektroenergiya narxlarini ko’tarishni, davlat neft kompaniyasini restrukturizatsiya qilishni talab qilmoqda. Hukumat ppirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlariga aksiz to’lovlarini ko’tarishga ham qaror qildi.
Bunday choralar aholi tomonidan ijobiy qabul qilinmasligi va hukumat obro’sini tushirishi mumkin. Bugun bir guruh norozilar Oliy Rada binosini ishg’ol qilishga urinib ko’rdi. Ular soliqlarning ko’tarilmasligini talab qilmoqda.