Kiyevdagi portlashda jurnalist Pavel Sheremet halok bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Jurnalist Pavel Sheremet halok bo'lgan joy. 20-iyul, 2016-yil.

Belaruslik jurnalist Pavel Sheremet Ukraina poytaxtida, chorshanba kungi portlashda halok bo'ldi.

"Ukrainska Pravda" nashrining yozishicha, 44 yoshli Sheremet mashinasiga o'tirgani zahoti portlash ro'y bergan.

Ukraina Bosh prokurori Yuriy Lutsenkoning so'zlariga ko'ra, jurnalistning mashinasiga bomba joylangan.

Ukraina rahbari Petro Poroshenko voqeani jinoyat, fojea, deya ta'riflayapti.

Belarusda tug'ilgan Sheremet Rossiya fuqarosi edi. Rossiya televideniyesida ishlab, so'ng 2014-yilda Kiyevga ko'chgan. Rossiyada kasbiy faoliyatini davom ettirish qiyin bo'lgani, Kiyevdagi voqealarni yoritish mushkul bo'lgani uchun Ukrainaga bosh olib ketgan.

Uning o'limi Rossiya, Ukraina va qo'shni davlatlarda, xususan, jurnalistlar orasida shov-shuv ko'tardi. U "Ukrainaska Pravda" gazetasi va "Vesti" radiosi uchun ishlagan.

Eslatish kerak, "Ukrainska Pravda" asoschisi Georgiy Gongadze 2000-yilda hukumatga doir korrupsiya ishini fosh qilgach, vahshiyona o'ldirib ketilgan edi.

Jurnalist Pavel Sheremet "Ukrainska Pravda" gazetasi, "Vesti" radiosi uchun ishlagan.