Ukraina prezidenti betob, chiqishlar davom etmoqda

  • Amerika Ovozi

Namoyishchilar Kiyevda, 30-yanvar, 2014-yil

Ukraina parlamenti muxolifat talabini qondirib, namoyishlarni cheklovchi qonunni bekor qilganiga qaramay poytaxt Kiyevda chiqishlar davom etmoqda.

Parlament hibsga olingan namoyishchilarga nisbatan amnistiya ham e’lon qilgan, ammo buning uchun davlat idoralarini egallagan to’da ularni bo’shatishi lozim.

Muxolifat yetakchisi Arseniy Yatsenyuk bu shartga qarshi chiqdi, ammo oppozitsiya noroziligiga qaramay qaror tasdiqlandi.

Bu o’rtada prezident Viktor Yanukovichning betob bo’lgani haqida xabar qilinmoqda. Rasmiy ma’lumotga ko’ra, u shamollagan va dam olishga chiqqan.