Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha kunlik sukutdan so’ng nihoyat Ukraina mavzusida gapirdi. Uning aytishicha, Rossiya Ukrainadagi fuqarolarini himoya qilish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga tayyor.
"Kuch ishlatishga hojat bo’lmaydi degan umiddaman", - dedi Putin.
Rossiya rahbari qo’shni davlatda hokimiyat almashganini konstitutsiyaga zid harakat, davlat to’ntarishi, hokimiyatni qurol bilan tortib olish deb ta’rifladi.
Putinning aytishicha, Viktor Yanukovichning siyosiy kelajagi bitdi, biroq shunga qaramay u hali ham Ukrainaning qonuniy rahbari.
“Rossiya Qrimni o’ziga qo’shib olish masalasini ko’rayotgani yo’q. Bunday mavzularni Ukraina xalqiing o’zi hal qilishi kerak”, - dedi Putin.
AQSh va uning Yevropadagi ittifoqchilari Rossiyani Ukrainaga qo’shin kiritib, vaziyatni keskinlashtirganlikda aybladi va ayni damda unga qarshi sanksiyalar qo’llash ustida o’ylanmoqda.
AQSh davlat kotibi Jon Kerri bugun Kiyevda. U Qo’shma Shtatlar yangi hukumatga bir milliard dollar miqdorida yordam berish niyatida ekanini aytdi. Kerri muvaqqat hukumat rahbarlari bilan uchrashib, AQSh Ukraina hududiy yaxlitligi tarafdori ekanini bildirmoqchi.
Xabarlarga ko’ra, Rossiya prezidenti Ukraina chegarasi yaqinida harbiy mashg’ulotlarda qatnashgan qo’shinlarning qismlariga qaytishni buyurgan.
Kreml mashg’ulotlar Ukrainadagi vaziyat bilan bog’liq ekanini inkor etmoqda.
Kecha AQSh prezidenti Barak Obama davlat kotibi Kerri, mudofaa vaziri Chak Xeygl va milliy xavfsizlik kengashining boshqa a’zolari bilan ahvolni muhokama qilgan.
Ma’lum bo’lishicha, Rossiyaning Qrimdagi harakatlaridan norozi Pentagon u bilan barcha harbiy aloqalarni va dasturlarni to’xtatgan.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari esa kecha majlis qilib, Rossiyaga shart qo’ygan. Agar rus qo’shinlari Qrimdan olib chiqilmasa, Moskvaga qarshi sanksiyalar qo’llanilishi aytilgan.
Putinning bugungi matbuot anjumanida aytishicha, Qrimda rossiyalik qo’shinlar yo’q. Harbiy formada yurgan odamlar mahalliy aholidan tuzilgan mudofaa drujinalaridir.
Ommaviy matbuot vositalarida Rossiyaning Qrimdagi harakatlari yuzasidan xavotir bildirilgach, kecha qimmatbaho qog’ozlar bozori pastga qarab ketgan. Aksiyalar avval Osiyoda, so’ng Yevropa va AQShda sotila boshladi.
Eng katta zararni Rossiya birjasi ko’rdi. Aksiyalar bahosi 11 foizga pastlab, ularga egalik qiluvchi kompaniyalar salkam 60 milliard dollar yo’qotdi.
Rubl qiymati ham dollarga nisbatan keskin tushib ketdi.
Bunday vaziyat qancha davom etishi hozircha ma’lum emas.