Putin va Yanukovich Sochida uchrashdi

  • Amerika Ovozi

Uchashuvlar yopiq eshik ortida o'tgan, tafsilotlar aytilmayapti

Ukraina va Rossiya rahbarlari Sochida yopiq eshiklar ortida muloqot qilgan. Tafsilotlar oshkor etilmayapti.

Kiyev markaziy maydonida prezident Viktor Yakunovich siyosatiga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Muxolifat hukumatdan Yevropa Ittifoqi bilan erkin iqtisodiy zonaga kirishni talab qilmoqda.

Yanukovich deydiki, Rossiya Ukrainaning eng yirik siyosiy va biznes hamkori bo’lib qoladi.

G’arb nazarida Ukrainadagi notinchliklar ortida Rossiyaning Kiyevga bosimi turibdi. Moskva pozitsiyasi shuki, AQSh va Yevropa Ittifoqi ukrain xalqini hukumatga qarshi gijgijlab, Kiyevda siyosiy o’zgarishlar qilmoqchi.

AQSh Davlat kotibining Yevropa bo’yicha muovini Viktoriya Nuland va Ukrainadagi elchi Jeffri Payet orasidagi telefon muloqot yashirin yozib olinib, internetga qo’yilgach, yuqoridagi iddaolar qanchalik to’g’ri ekani ayon bo’ldi, deydi Rossiya rasmiylari. Muloqotda Amerika ukrain muxolifati bilan qanchalik yaqindan ishlayotgani va uni quvvatlayotani hamda Vashington Yevropa Ittifoqidan norozi ekani aks etgan.


Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 8-fevral, 2014