Ukraina g’arbida Rossiyaga xayrixoh namoyishchilar va G’arbni yoqlovchi muvaqqat hukumat tarafdorlari to’qnashdi.
Qrim poytaxti Simferopolda hukumat binosi yonida janjal chiqib, bir necha odam jarohatlangan.
Rossiya rahbari Vladimir Putin esa mamlakat g'arbi va markazida, Ukraina bilan chegarada qo'shinlar shayligini tekshirishni va mashqlar o'tkazishni buyurdi.
Qrimda asosan Moskvaga moyil rusiyzabon fuqaro yashaydi. Hududda Rossiyaga qarshi kayfiyatdagi ozchilik elat – tatarlar ham kam emas.
Mamlakatda bir necha hafta davom etgan qonli namoyishlar ketidan prezident Viktor Yanukovich qochishga majbur bo’lgan. Qrimdagi mojaro 46 million aholisi bor Ukraina sharq va g’arbga bo’linadi, degan xavotirlarni kuchaytirgan.
Amerika Davlat kotibi Jon Kerri kecha davlat Moskva va Vashington o’rtasida tanlashga majbur qilinmasligi kerak, deya eslatdi.
“G’arb va Sharqni bir-biriga qarshi qo’yish emas hozir ustuvor masala”, - deydi Jon Kerri. “Rossiya, Amerika yoki boshqa davlatning manfaatlari haqida gap ketmayapti. Ukraina xalqi o’z taqdirini hal qilishi lozim, bu mamlakat tinchligi yo’lida biz Rossiya va xalqaro hamjamiyat bilan kelishib ishlashga tayyormiz”, - deydi Amerika bosh diplomati.
Ukraina rahbari Viktor Yanukovich o’tgan yilning kuzida Yevropa Ittifoqi bilan savdo bitimini imzolash fikridan qaytib, Rossiyaga yon bosdi. Oqibatda o’lkada norozilik chiqishlari alanga olib, salkam yuz odamni hayotdan olib ketdi.
Bugun, shuningdek, Ukraina vaqtli rahbariyati maxsus xavfsizlik bo’linmasi – “Berkut”ni tarqatib yuborgan. Ayrim manbalarga ko’ra, guruh Mustaqillik maydonidagi g’alayon paytida namoyishchilar o’limiga sababchi bo’lgan. Boshqalar nazarida “Berkut” to’polon qatliomga aylanib ketishining oldini olgan.
Muvaqqat prezident Oleksandr Turchinov esa parlamentni mamlakatda separatizm tahdidi haqida ogohlantirmoqda.
Bu orada, Rossiya Ukraina siyosatiga aralashmasligini ta’kidlayapti. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, davlatni Rossiya yoki Yevropa o’rtasida tanlashga majbur qilish nihoyatda xavfli va samarasiz siyosatdir.
Prezident Turchinov payshanba kuni yangi koalitsion hukumat tarkibini e’lon qilishi kerak.
Ayni damda Yevropa va Amerika rahbarlari Ukraina rasmiylari bilan uchrashib, G’arbdan moliyaviy yordam uzatish haqida gaplashmoqda. Ukraina iqtisodiy falokat yoqasida ekani aytiladi.