BMTning Eronda inson huquqlari bo’yicha vaziyatga bag’ishlangan majlisida bu mamlakatdagi ahvol keskin tanqidga olindi.
BMTning maxsus hisobotchisi Asma Jahongirning aytishicha, yanvar oyidan beri Eronda 435 mahbus, jumladan ayollar va o’smirlar qatl etilgan.
“Rasmiylarning o’z vaqtida aralashgani tufayli ikki o’smir mahbusning qatli qoldirildi. Biroq kamida to’rt nafari qatl etildi, yana 86 o’smir esa hukm ijrosini kutmoqda”, - dedi BMT hisobotchisi.
Rasmiy Erondan o’limga mahkumlarning ro’yxatini so’rab, o’smir mahkumlarni afv etishga chaqirdi.
Asma Jahongir ijobiy o’zgarishlarni ham tilga oldi. Unga ko’ra, may oyida o’tgan prezident va mahalliy saylovlarda oldingiga qaraganda ancha ko’p odam qatnashgan, Prezident Hasan Ruhoniy ayollar huquqlarini yaxshilashga so’z bergan.