Suriyaga gumanitar yordam yetib bordi

  • Amerika Ovozi

BMTga qarashli o'nlab yuk mashinalari Suriyaning qamalda qolgan shaharlariga aholi uchun zarur oziq-ovqat va tibbiy yordam yetkazishni boshladi.

Suriya hukumati va BMT o'rtasida tuzilgan kelishuv bo'yicha, besh shahardagi 100 mingga yaqin och va xasta aholi bundan buyon oziq-ovqat va tibbiy yordamga ega bo'ladi.

BMTning Suriya bo'yicha rasmiy vakili Staffan de Misturaning aytishicha, agar yordam dasturi muvaffaqiyatli amalga oshsa, bu Suriya hukumatining kelishuvlarga jiddiy qarayotganidan darak beradi.

Suriya hukumati BMT rasmiysining bu fikrini qoralab, Damashq qanday islash bo'yicha tashqi kuchlarning eslatma va ogohlantirishlariga muhtoj emasligini ta'kidladi.