Nyu-York BMT Bosh Assambleyasi sessiyasiga mezbonlik qilishga tayyor

  • Amerika Ovozi

Nyu-Yorkda ish boshlayotgan BMT Bosh Assambleyasining 60-yillik sessiyasida bir qator global masalalar muhokama etiladi. AQSh uchun eng dolzarb masalalar sirasiga Suriya va Iroqda kuchga to’layotgan va dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan Islomiy davlatga qarshi kurash hamda ebola virusining oldini olish kiradi.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, xalqaro hamjamiyat Iroq va Suriya mojarolarini hal etishda ishtirok etmasa, bu mamlakatlar terrorchilar iniga aylanib bormoqda.

AQSh bu maqsadda xalqaro koalitsiya tuzgan. Unga bir necha mamlakat kirgan.

"Islomiy davlat barchamiz uchun tahdiddir. Uni yengishda Iroq hukumati va dunyodagi boshqa mamlakatlar bilan yaqindan hamkorlik qilamiz", - dedi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri.

Prezident Barak Obama chorshanba kuni BMTda shu mavzuda uyushtirilayotgan majlisga raislik qiladi. Unda jihodchilarni moliya manbalaridan ayirish, zo’ravon ekstremizga qarshi kurashish xususida fikr almashiladi.

Sessiya kunlari Afrikada ebola virusining tarqalishi, Ukraina sharqidagi mojaro, G’azoda 50 kunlik Isroil hujumlaridan keyingi vaziyat, iqlim o’zgarishi ham muhokama etiladi.