3-D texnologiyasi sabab kino va aloqada olamshumul yangiliklar

  • Amerika Ovozi

Avatar filmi 3-D texnologiyasi asosida ishlangan.

3-D texnologiyasi tufayli badiiy filmlarni ko’rishdan tortib kompyuter o’yinlari o’ynashgacha – bari qiziqarliroq. Los-Anjeles shahridagi bir guruh mutaxassislar bu texnologiyalardan nafaqat san’at va shou-biznes, balki boshqa sohalar, jumladan biznes va ta’limda ham foydalanish ustida ishlamoqda.

Supermen haqidagi filmni ko'rganlar bu qahramon aslida uchmayotganini yaxshi tushunadi. Ammo “Supermenning qaytishi” filmida yangi texnologiya qo’llanilgan. U yerda ko’rayotganingiz virtual aktyor.

Bunday sahnalarni suratga olish chog’ida haqiqiy aktyor maxsus chiroqlar sahnasida turadi. Kompyuterga uning yuzi, chiroq tushishining aksi olinadi.

“Ularga maxsus kompyuter nazorat qiladigan nur tushiriladi. Yuzini yettita nuqtadan, sifati juda baland, raqamli fotoapparatlar yordamida suratga olamiz,” tushuntiradi Pol Debevek, Janubiy Karolina universiteti olimi.

U hamkasblari bilan odam, buyum va atrof-muhit suratlarini kompyuterga tushiradi, so’ngra ularni haqiqiydek harakatlanishini tasvirlaydi.

Maxsus chiroqlar sahnasida aktyorlarni suratga tushirib, raqamli ekranda qayta “jonlantirish” mumkin, deydi u.

Xuddi multfilmdek yoki “Avatar” filmidagi ko’k jonzotlardek. Institutda yaratilgan texnologiyalar nafaqat kino sanoati, balki boshqa sohalarda ham qo’llanilishi mumkin.

3-D video telekonferensiya sistemasi yordamida majlis zalida aslida u yerda bo’lmagan odamning tasvirini ko’rsatish mumkin.

Tasvir jonli. Undagi odam boshqalarga qarashi, muloqot qilishi mumkin. Majlis ishtirokchilari 3-D ko’zoynaklarisiz ham tasvirni bemalol ko’ra oladi.

“Uzoqda turib majlisda qatnashayotgan odam boshqalarga birma-bir qarashi mumkin. Boshqalar uning kimga qarayotganini biladi. Bu insonlar orasidagi muloqotning muhim qismi,” deydi olim.

Debevek deydiki, biznes olamida 3-D video konferensiyalaridan kelasi besh yil ichida qo’llanila boshlaydi. Boshqa sohalarda bundan ham tezroq.

Kelasi 10 yil ichida esa 3-D video o’yinlarini maxsus ko’zoynaklarsiz o’ynash imkoni paydo bo’ladi.

Your browser doesn’t support HTML5

3-D texnologiyasi/ 3-D Technology