AQSh aeroportlarida yangi skanerlar ishga solinadi

  • Amerika Ovozi
AQSh Transport xavfsizligi ma’muriyati aeroportlarda qo’llanilayotgan skanerlarni o’zgartiradi.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 19-yanvar, 2013


Gap bu yerda yo’lovchini izchil tekshiradigan, uni yalang’och qiyofada ko’rsatadigan texnologiya haqida ketmoqda.

Amerikaning 30 yirik aeroportida hozir shunday skanerlardan 174 tasi ishlaydi.

“Rapiscan” degan bu sistema “L-3” rusumidagi tizimlar bilan almashtiriladi.

2009-yilda bir yo’lovchi oyoq kiyimiga bomba yashirib samolyotga chiqqani ayon bo’lgach, hukumat keskin choralar ko’rishga qaror qilgan va yuqorida tilga olingan skanerni ishga solgan edi. Lekin omma orasida u qattiq qarshilik uyg’otgan.