Virjiniya shtatidagi Aleksandriya shahri boy tarix va madaniyatga ega. Maqtanarli jihatlari ko’p, ko’z-ko’z qiladigan joylari ham kam emas. Mana 60 yildirki shahar gahvarlaridan biri - akapella xori.
Bir xonada yig’ilgan 100 nafar erkakning yoshi 19 dan 83 gacha. Ularni kuy va qo’shiq birlashtiradi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan buyon ular har seshanba kechqurun shu yerda yig’iladi, repetitsiya uchun. Guruh nomi – “Alexandria Harmonizers”. Jo Cherutti – direktori:
“Alexandria Harmonizers - erkaklar akapella xori. Musiqaning qanday uslubi bo’lmasin, biz hammasida kuylaymiz”.
Jek Pitser guruhga kelganida 23 ga kirgan edi. Hozir esa yoshi 70 da.
“Biz ajoyib joylarda, buyuk sahnalarda kuylashga muvaffaq bo’ldik. Masalan, Kennedi markazi, Karnegi-Xoll, Konstitutsiya xolli va Oliy sud binolari. Hali ko’pga qodirmiz, axir yangi avlod qo’shilyapti bizga, yosh yigitlar,” - deydi u.
“Oramizda talabalar ham bor, - davom etadi Cherutti - Iste’foga chiqqan harbiylar, hozirda armiyada xizmat qilayotganlar ham, hukumat idoralari xodimlari, o’qituvchilar, o’t o’chiruvchi va farroshlargacha – yer yuzida qanday kasb bo’lmasin, xorimizda vakillarini topasiz”.
Qo’shiq aytish bilan cheklanmay ular tanish-bilish orttiradi.
“Mudofaa sohasida ishlayman. Xorning olti yoki yetti a’zosini ishga oldim. Firmam direktorini ham shu yerda uchratganman,” - deydi xorchilardan biri Ken Fess.
Xorda professional musiqachi va xonandalar yo’q. Maosh ham to’lanmaydi. Biroq guruh turli tanlovlarda qatnashib, 17 ta medal, xalqaro sovrinlarga sazovor bo’lgan.
"Sahnaga chiqib, pul topamiz. Shu mablag’ xor xarajatlarini qoplaydi. Butun mamlakat bo’ylab gastrollarga boramiz. Xalqaro sahnaga ham chiqdik. Sentabrda Xitoyda konsertlar beramiz,” - deydi Cherutti.
Yaqinda xorning Aleksandriyada konsert bo’lib o’tdi. Sahnada nafaqat qo’shiq, balki raqs ham bo’ldi. Guruh rahbari Stiv Mureyn nafaqat tomoshabin, guruh ham zavq oldi deydi.
“Har gal sahnaga chiqib, qo’shiq aytib, dasturni yakunlar ekanmiz, men yana boshidan boshlagim keladi. Yana sahnaga chiqay deyman. Shu qadar maza-da bu”.
Guruhning jozibasi ham aynan shunda, deydi Mureyn. 60 yildirki bu xor eldan rahmat olmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5