Prezident Barak Obama ikki yil oldin e’lon qilgan AQShning global mudofaa strategiyasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga katta urg’u beriladi. Bunga sabab sifatida Xitoy harbiy qudratining oshib borayotgani ko’rsatiladi.
Pentagon rasmiylariga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi faolligini susaytirmaydi.
Bu faollik Xitoy qarshiligiga uchrayapti. Buni Pekinning Sharqiy Xitoy dengizida havo mudofaasi zonasini o’rnatganidan hamda Xitoy va AQSh kemalarining to’qnashuviga olib kelishi mumkin bo’lgan hodisadan bilsa bo’ladi.
Obama ma’muriyati Iroq va Afg’onistondagi urushlarga barham berib, harbiy resurslarini Tinch okeani hududiga qaratmoqchi. Xitoy ham qo’l qovushtirib o’tirgani yo’q. Pekin yaqinda yangi avianosetsini ko’z-ko’z qildi hamda tovushdan tez uchadigan raketa texnologiyasini rivojlantirmoqda.
AQShning Tinch okeani mintaqasidagi qurolli kuchlari qo’mondoni admiral Samuel Loklir bundan keyin hududda Xitoy kuchlari bilan tez-tez yuzlashamiz, deydi. Admiral nazarida mojaroning oldini olish uchun ikki davlat harbiylari muntazam aloqada bo’lishi lozim.
"Aloqa yo’lga qo’yilsa, kelajakda yanglish hisobning oldini olgan bo’lamiz. Aks holda xavfsizlikka tahdid yuzaga kelishi mumkin", - deydi Loklir.
Mudofaa bobidagi tahlilchilarga ko’ra, AQSh mintaqaga diqqatini oshirgani bilan harbiy salohiyatini kuchaytirgani yo’q.
Berri Pavel Vashingtondagi Atlantika kengashi tahlil markazida ishlaydi.
"Avstraliya shimoliga ikki yarim ming askar safarbar qilindi. Buni yirik kontingent deb bo’lmaydi. Singapurda 1-2 ta kema bor. Bu sohil bo’yida qo’llaniladigan jangovar kemalar. Boshqa hech narsa yo’q", - deydi tahlilchi.
AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel o’tgan yili Singapurda bo’lib, mintaqa davlatlari bilan mudofaa bobida hamkorlik xususida gaplashgan.
Qo’shma Shtatlar Yaponiyada ham salohiyatini sezilarli darajada oshirayotgani yo’q. Yokosukadan “Jorj Vashington” avianosetsi ketib, uning o’rnini “Ronald Reygan” kemasi egallaydi.
Ayni damda Pentagon hududdagi ittifoqchi davlatlar bilan xavfsizlik bobidagi shartnomalarni qayta ko’rib chiqmoqda. Kelajakda mintaqada kemalar, harbiy aslaha va qo’shinlar sonini oshirish kutilmoqda.
AQSh qurolli kuchlari Ikkinchi jahon urushidan beri jiddiy ravishda qisqarishi kutilar ekan, Osiyo-Tinch okeani regionida Amerika harbiy kontingentining qanday bo’lishi hozircha ma’lum emas.