Amerika Avstraliyada qo’shinlari sonini oshiradi

  • Amerika Ovozi

Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Juli Bishop, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Amerika Mudofaa vaziri Chak Xeygl Sidneydagi uchrashuv paytida. 12-avgust, 2014-yil.

Amerika va Avstraliya rasmiylari harbiy hamkorlikni kengaytirishga doir kelishuvni imzoladi. Unga ko’ra, Avstraliya shimolida Amerikaning havo va dengiz kuchlari soni oshadi.

Hujjat Amerika Davlat kotibi Jon Kerri va Mudofaa vaziri Chak Xeyglning Avstraliyaga safari paytida ma’qullangan.

Qo’shma Shtatlar Osiyoga e’tiborini oshirar ekan, 2017-yilgacha Darvin shahriga 2500 amerikalik askarni joylaydi.

Jon Kerri Avstraliyani ishonchli hamkor deya olqishlamoqda.

Janubiy Xitoy dengizidagi tortishuvlar, Shimoliy Koreya muammosi, har xil davlatlar bo’ylab qatnayotgan ajnabiy jangarilar muammosi – bularning yechimi har ikki davlat uchun ahamiyatli, dedi AQSh diplomati.

Amerika va Avstraliya rasmiylari harbiy hamkorlikni oshirishdan maqsad mintaqada Xitoyni jilovlashga qaratilgani haqidagi da’volarni rad etayapti.