Bill Geyts – zamon ixtirochilaridan biri, 76 milliardi bilan u dunyodagi eng boy shaxs. Shuningdek, yer sharidagi eng saxovatpesha ikki insondan biri. Ikkinchisi ham amerikalik, multi-milliarder Vorren Baffet. Geyts fikricha, xususiy kompaniyalar innovatsiyaga yetaklasa-da, jamiyat taraqqiy etishida hukumatning roli beqiyos.
Ko’plab odamlar nazarida, Bill Geytsning texnologiya sohasidagi innovatsion kashfiyotlari so’nggi yillarda inson hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Endi esa u boshqa sohalarga e’tiborini qaratmoqda.
Geyts asos solgan jamg’arma xavfli kasalliklar va qashshoqlikka qarshi kurashda oldinda.
“Ijtimoiy hayot va innovatsiya sohasida shunday jabhalar borki, hukumat u yerda ishlamaydi, chunki ish joylarini yaratish kabi maqsadlarga tezda erisha olmaydi. Innovatsion g’oyalarni sinab ko’rish vaqt va katta mablag’ talab qiladi, lekin tez daromad bermaydi. Shu bois bu jabhalarda xayriya chuqur ahamiyatga ega”.
Geyts deydiki, xayriya Amerikada muhim rol o’ynaydi. Universitetlar kuchli mutaxassislar tayyorlaydi. Ular esa keyinchalik universitetlarga moliyaviy yordam beradi. Xususiy institutlar hukumat erisholmagan kashfiyotlarni qilib, innovatsion g’oyalarni hayotga tadbiq etmoqda. Geyts “March of Dimes” jamg’armasini misol keltiradi. Bu jamg’arma poliomelit, ya’ni sholga qarshi ikki vaksinani yaratish uchun mablag’ ajratgan.
“Natijada insoniyatni bu kasallikdan mutlaqo halos etish imkoni paydo bo’ldi. Chechakdan keyin endi shol kasalligini ham yo’q qilamiz. Bu vaksinani tomizish kerak. 10 ta dozasi 1,30 dollar turadi. Ya’ni har bir bolaga 13 cent sarflanadi. Bu mablag’ xayriyadan keladi. Birinchi, ukol shaklida beriladigan vaksinani Jonas Solk kashf etgan edi. Ikkinchisi, og’izga tomiziladigani Albert Seybin tomonidan kashf etildi”.
Biroq, deydi Bill Geyts, xayriya tashlilotlari hukumat o’rnini bosolmaydi. Masalan, sog’liqni saqlash, ta’lim, ish joylarini yaratish va boshqa sohalarda.
“Amerikadagi har bir bolaga yaxshi ta’lim berish yoki qornini to’yg’azish kabi vazifalarni hukumat bajarishi kerak, chunki xayriya tashkilotlari kunu-tun butun aholiga xizmat qila olmaydi. Ularning faoliyat ko’lami u darajada emas. Kasallik borasida izlanish uchun mablag’ ajratishi yoki ilmiy tadqiqotlarni quvvatlashi mumkin”.
Geyts fikricha xayriya jamiyatdagi muammolarga yechim topishga va ularni yengishda muhim omil, ammo xalq hayotini yaxshilash baribir hukumat zimmasida.