AQShda federal byudjet yuzasidan bahslar davom etar ekan, demokratlar hukmron Senat 27-sentabr kuni davlat hukumat uchun mablag’ ajratish haqidagi qonunni tasdiqladi va prezident Barak Obama olg'a surgan sog’liqni saqlash islohot dasturini kuchda qoldirdi. Endi hujjat respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasi ixtiyorida. Byudjet ma'qullanmasa, 1-oktabrdan hukumat ishi to'xtab qoladi, chunki yangi moliyaviy yil aynan shu kuni boshlanadi.
Senat a’zolaridan 54 nafari qonunni qo’llab-quvvatladi, 44 nafari esa qarshi ovoz berdi.
Respublikachilar prezidentning sog’liqni saqlash tizimini yangilash bo'yicha islohot dasturiga tish-tirnog’i bilan qarshi. Agar to’rt yil avval qabul qilingan qonun bekor qilinmasa, byudjet tasdiqlanmaydi, deydi ular.
Demokratlar esa respublikachilarni siyosiy o'yinda ayblab, nafaqat AQSh hukumati, balki butun dunyo moliyaviy tizimini xavf ostiga qo’yayotganlikda tanqid qilmoqda.
"Vakillar palatasi hamda Senatdagi ashaddiy respublikachilar deb boshimiz inqirozdan chiqmay qoldi. Amerikada bir inqiroz tugamay boshqasi boshlanib ketyapti, buning iqtisod uchun asoratlari dahshatli, axir!” - deydi Senatdagi demokratlar yetakchisi Garri Rid.
1-oktabrgacha byudjet qabul qilinishi kerak, 17-oktabrgacha esa davlat qarz miqdorini cheklovchi hujjat ham tasdiqlanishi lozim. Agar respublikachilar birinchi masala yuzasidan murosaga bormasa, demokratlar ikkinchi masalada ularga qarshi chiqishi mumkin.
Vakillar palatasida demokratlar sardori Nensi Pelosi respublikachilarni kompromisga chaqirmoqda. Federal xarajatlar borasida zarur hujjatlarni vaqtida qabul qilish Kongressning asosiy vazifasi, deydi u.
Har ikki partiya bir-birini vijdonsizlikda ayblab, bahs-munozara avjida.
Your browser doesn’t support HTML5