AQSh va Kanada savdo bo'yicha kelishib oldi

  • Amerika Ovozi

AQSh va Kanada rasmiylari bir necha haftalik muzokaralardan so’ng yangi savdo bitimiga kelishib oldi. Salkam chorak asrlik NAFTA, ya’ni Shimoliy Amerika erkin savdo bitimi o’rniga yangi hujjat qabul qilinadi. AQSh, Kanada va Meksika rahbarlari yangi shartnomani ikki oydan so’ng imzolashi kutilmoqda.

AQSh-Kanada kelishuviga ko’ra, Ottava o’z bozorlarini Amerika sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga kattaroq ochib beradi, Qo’shma Shtatlar esa Kanadada chiqarilgan avtomobillar importiga qo’yilgan tariflarni bekor qiladi.

Tramp 2016-yil saylov kampaniyasi paytida NAFTAni tanqidga olib, bitim AQSh foydasini ko’zlamasligini, Kanada va Meksika undan ko’proq foyda ko’rayotganini aytardi, 1994-yilda Bill Klinton prezidentligi paytida imzolangan shartnomani bekor qilaman, degan.

Bu uch davlatning yillik umumiy savdo oboroti salkam bir trillion dollarni tashkil etadi.

Noyabr saylovlaridan so’ng shakllanadigan yangi Kongress qayta ko’rib chiqilgan bitimni kelasi yili muhokama qiladi.