Xitoy AQShga Chendudagi konsulligini yopishni buyurdi

  • Amerika Ovozi

Chengdudagi AQSh konsullik xizmati

Xitoy AQSh hukumati harakatlariga javoban Qo’shma Shtatlarga Chendu shahridagi konsulligini yopishni buyurdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 24-iyul, 2020-yil

Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, bu AQShning Xyustondagi Xitoy konsulligini yopish talabiga mos javobdir.

“AQSh xalqaro qonunni, xalqaro aloqalar normalarini, AQSh-Xitoy o’rtasidagi konsullik konvensiyasini qo’pol ravishda buzdi. Xitoy chorasi AQShning bu mantiqsiz harakatiga qonuniy va zarur javobdir”, - deydi vazirlik rasmiysi.

AQShning Xitoyda beshta konsullik idorasi bor. Oltinchisi Gonkongda. Bungacha Xitoy Amerikaning Uxandagi konsulligini yopadi deya taxmin qilingan edi. Koronavirus pandemiyasi boshlangan paytda AQSh Uxandan diplomatlarini chiqarib olgan.