Pentagon rasmiylariga ko’ra, Xitoydan turib AQShning ilg’or qurol tizimlariga uyushtirilgan kiberxuruj mamlakat harbiy salohiyatiga zarar yetkazmagan. “Vashington Post” gazetasida yozilishicha, xitoylik xakerlar internet orqali raketaga qarshi mudofaa tizimi, qiruvchi samolyot hamda kemalar sxemalarini og’irlagan.
“Vashington Post” gazetasining Pentagondagi manbaga tayanib yozgan maqolasida xitoylik xakerlar o’g’irlagan harbiy qurol va tizimlarning to’liq ro’yxati keltirilgan. Ular orasida “Patriot” kabi raketaga qarshi mudofaa tizimlari hamda ayni damda ishlanayotgan F-35 rusumli eng zamonaviy qiruvchi samolyotlar bor.
Vashington hodisaga qanday munosabat bildirish ustida o’ylanmoqda.
“Xorijiy davlatlar va kompaniyalar sirlarimizni o’g’irlamoqda. Dushmanlarimiz elektr tarmoqlarimizni, moliyaviy institutlarimiz va havo harakatini nazorat qiluvchi tizimlarimizni izdan chiqarishga urinmoqda. Xavfsizligimiz va iqtisodiyotimizni nishonga olgan bunday tahdidlarga qarshi jiddiy chora ko’rmasak bo’lmaydi”, - dedi AQSh prezidenti Obama.
Xitoy o’z qurollarini yaratishning yangi yo’llarini qidirar ekan, kiberxurujlar xavfi yanada oshmoqda.
Vashingtonda joylashgan “Atlantika kengashi” tahlilchisi Jeyson Xili shu mavzuni o’rganadi.
“Oxirgi yillarda Xitoy qurol ishlab chiqarishni ancha kengaytirdi. Boshqa harbiy sohalarda ham xuddi shu holatga guvoh bo’lyapmiz”, - deydi u.
AQSh rasmiylari xitoylik hamkasblari bilan kiberxurujlar haqida uzoq yillardan beri gaplashib keladi. Bu haqda ular faqat so’nggi paytlarda ochiq gapira boshladi.
“Qo’shma Shtatlar olti oy oldin ham bu masala bo’yicha aniq pozitsiyasini bildirmagan edi. Hozir esa prezidentning ko’rsatmasi shuki, bu mavzu Xitoy bilan, asosan, xususiy uchrashuvlarda ko’tarilib, ba’zan ochiq ham muhokama qilinadi”, - deydi tahlilchi Xili.
Pentagon kiberxurujlarga o’ta jiddiy qarashini ta’kidlab, bu haqda tegishli choralar ko’rilayotganini aytadi.
Your browser doesn’t support HTML5