FBR rahbari Xitoyni kiberjosuslikda ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh Federal qidiruv byurosi rahbari Jeyms Komi (Comey)

Federal qidiruv byurosi rahbari Jeyms Komi deydiki, Xitoy Amerika sanoatiga qarshi kiberjosuslikda yetakchi davlatlardan. AQSh har yili bunday zararkunandalikdan milliardlab dollar yo'qotmoqda.

Komiga ko'ra, Xitoy Qo'shma Shtatlardan o'g'irlangan savdo va sanoat sirlaridan o'z foydasi yo'lida foydalanmoqda.

"AQSh kompaniyalaridan o'g'irlangan har bir patent, savdo siri oqibatida odamlar ish, shirkatlar esa daromad yo'qotmoqda", - deydi FBR direktori.

May oyida AQShda kibero'g'rilik bilan shug'ullanganlikda ayblanib, besh xitoylik harbiy ekspert sud qilingan edi. Pekin josuslikka doir barcha ayblovlarni rad etadi.