FBR Amerika kompaniyalarini Xitoy xakerlari haqida ogohlantirdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Federal qidiruv byurosining bildirishicha, Xitoy hukumati Amerika kompaniyalari kompyuter tizimlaridan savdo sirlarini o'g'rilashda davom etmoqda. FBR firmalarni bu haqda ogohlantirdi.

Unga ko'ra, davlatga aloqador xakerlar kiber josuslik bilan faol shug'ullanmoqda. Kompaniyalarga ulashilgan to'qqiz sahifali hisobotda yaqinda josuslik harakatlari qayd etilgani aytiladi.

Vashington Xitoyning bunday ishlarini o'z xavfsizligi, AQSh kompaniyalarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi va mehnat bozoriga tahdid deb keladi.

Yaqingacha Qo'shma Shtatlar Xitoyni bu harakatlarda ochiqdan-ochiq ayblashdan o'zini tutib kelgan. Pekin ayblovlarni rad etib, o'zi Amerikaning kiber josuslik faoliyatidan jabr ko'rib kelayotganini ta'kidlaydi.