Xitoy va AQSh Pekinda yadroviy xavfsizlik markazini ochdi

  • Amerika Ovozi

许多人早早来到 “共产主义受难者纪念碑”前参加纪念六四天安门事件烛光会。

Juma kuni Xitoy va AQSh Pekinda mushtarak yadroviy xavfsizlik markazini ochdi. Maqsad soha mutaxassislari uchun yadroviy materiallarni xavfsiz sharoitda saqlashni o'rgatish va atom zavodlariga qarshi terror xurujlarining oldini olishda treninglar tashkil etishdan iborat.

AQSh Energetika vaziri Ernest Moniz va Xitoy yadroviy agentligi rahbari Su Daje ochilish marosida qatnashdi.

Moniz Xitoy rahbariyatining AQSh bilan yadroviy xavfsizlik sohasida hamkorlik qilayotganini olqishladi. Biroq u, shuningdek, Xitoyning yadro chiqindilardan atom bombasi uchun zarur plutoniy chiqarish rejasidan tashvishda.

"Xitoy [yadroviy xavfsizlikni ta'minlashda] muhim choralar ko’rmoqda, va yangi markaz bunga misol bo’la oladi. Plutoniy masalasiga kelsak, uni chiqindidan ajratish xususida biz global miqyosda jiddiy tashvish bildirib kelamiz va, ochig’ini aytsak, buning ortidagi iqtisodiy sabablar ham bizda shubha uyg’otmoqda”, - dedi u.

Xitoy plutoniy faqat tijorat maqsadlarida qo'llanishini ta’kidlaydi.

Xitoy yadroviy agentligi rahbari Su yangi ochilgan markaz Pekin yadroviy xavfsizlikni ta’minlashga jiddiy yondashayotganini va bu ma'noda katta yutuqlarga erishganini namoyish qiladi, deb aytdi.

Jurnalistlar bilan uchrashuv chog’ida Moniz Xitoyning mintaqaviy va global yadroviy xavfsizlik masalasida kattaroq rol o’ynashi kerakligini ta'kidladi.

Xitoy Prezidenti Si Zinpin va AQSh Prezidenti Barak Obama shu oyda Vashingtonda uchrashib, yadroviy xavfsizlik masalasini muhokama qiladi.