AQSh Qurolli kuchlari bosh shtabining qo’mondoni general Martin Dempsi Xitoyga safar qilib, ikki tomonlama harbiy aloqalarni xususida gaplashgan.
Qo’shma Shtatlar Osiyo va Tinch okeani mintaqasini tashqi siyosatdagi ustuvor yo’nalish deb regionda faolligini oshirar ekan, Xitoy bundan asabiylashmoqda.
General Dempsi Amerika hududda barqarorlashtiruvchi omil bo’lib xizmat qilmoqchi, deydi. Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar so’nggi o’n yilda Iroq va Afg’onistonda urush qilib, Tinch okeani va Osiyo mintaqasiga yetarlicha qiziqish bildirmagan.
Hududdagi davlatlar turli orollarni talashar ekan, Dempsi Amerika bu beqarorlikning oldini oladi, dedi.
AQSh generali Xitoy mudofaa vaziri bilan uchrashuv chog’ida Shimoliy Koreya yadro dasturi xususida ham gaplashgan. Qo’shma Shtatlar va mintaqa davlatlari Pxenyan to’rtinchi bor atom qurolini sinovdan o’tkazishi mumkinligidan xavotirda.