AQSh Prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 12 mamlakat umumiy mehnat qoidalari, ekologik standartlarga kelishganidan so'ng Xitoy bu xalqaro normalarni hisobga olishga majbur.
Obamaga ko'ra, Xitoy rasmiylari Oq uy va AQSh Moliya vaziri Jek Lyu bilan bog'lanib, Trans Tinch okeani hamkorlik bitimiga qo'shilish istagini bildirgan. 12 davlat uni tasdiqlash arafasida turibdi. Muzokaralar hali ham davom etmoqda.
Obama uni imzolashdan oldin Kongress bitimni tasdiqlashi lozim. Bu qonunchilarning sharti edi.
Davlat rahbari Kongressdan unga qonunchilar tasdig'isiz muzokaralarda shart qo'yish va qabul qilish vakolatini berishni so'ramoqda. Kelasi hafta Vakillar palatasida masala ovozga qo'yiladi. Senat bitimni o'tgan oy tasdiqlagan.
"Agar AQSh qoidalarni o'ziga moslab olmasa, Xitoy bunga qo'l uradi", - deydi Obama.
Trans Tinch okeani hamkorlik bitimi amal qila boshlasa, AQSh importi va eksportining 40 foizi shartnomani imzolagan mamlakatlarga to'g'ri keladi. Bu 12 davlat orasidagi savdo qiymati 2012-yilda 1,5 trillion dollarga teng bo'lgan. Jahon yalpi ichki mahsulotining 40 foizi, global savdoning 26 foizi shu mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi.