AQSh davlat kotibi Jon Kerri yakshanba kuni Birmada bo’ladigan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi majlisida Xitoy va unga qo’shni davlatlarni Janubiy Xitoy dengizida vaziyatni beqarorlashtiradigan harakatlardan o’zlarini tiyishga chaqirishi kutilmoqda. Majlisda tashkilotga a’zo 10 davlat tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi.
Xitoy dengizning deyarli bariga da’vo qiladi. U bu borada da’vogar boshqa mamlakatlar Vyetnam, Tayvan, Filippin, Malayziya va Bruney bilan tortishgan.
Kerri bu davlatlarga dengizda janjalning oldini olishga qaratilgan harakatlar dasturini taklif etadi. Jumladan, kimsasiz orollarni egallash, hududlarga da’vo qilishga taqiq joriy etiladi.
Xitoy AQSh taklifini rad etib, o’ziga tegishli deb bilgan hududdagi harakatlarini qonuniy deb hisoblaydi.
Pekin hududiy da’volarni ASEAN sammiti kabi ko’p tomonlama anjumanlarda emas, balki da’vogar mamlakatlar bilan birga-bir muhokama qilishni afzal ko’radi.