AQShda koronavirus bemorlari soni osharkan, mahalliy rasmiylar choralar ko’rishga majbur bo’lyapti.
Your browser doesn’t support HTML5
“Tungi komendant soati joriy etiladi, shunda balki bazm va ziyofatlar erta tugab, odamlar uyiga, sayyohlar mehmonxonalariga tarqalar”, - deydi Mayami shahar politsiya boshqarmasi vakili Ernesto Rodriges.
AQSh Vakillar palatasiga Mayama Bichdan saylangan Kongress a’zosi Donna Shalala qattiqroq choralar taklif etmoqda.
“Epidemiya nazoratdan chiqib ketdi. Floridada hamma narsani yopish kerak. Gubernatordan shuni so’radik. Hech bo’lmaganda niqob taqishni majburiy qilishni so’raganmiz. Qilmadi”, - deydi qonunchi.
Shu kungacha niqobni majburiy qilishdan bosh tortib kelayotgan boshqa gubernatorlar epidemiya kuchayishi ketidan fikrini o’zgartirishga majbur bo’lmoqda.
“Shtat bo’ylab niqob taqish xususida farmon chiqardik. Men buni istamasdim. Biroq bu bilan kasalxonalar og’irini yengil qilgan bo’lamiz, epidemiyani susaytirishga muvaffaq bo’larmiz”, - deydi Arizona hokimi Asa Xatchinson.
Prezident Donald Tramp mamlakat bo’ylab niqob taqishga farmon chiqarmasligini bildirmoqda. U pandemiyaning ilk kunlarida ayrim mutaxassislar niqoblarga qarshi bo’lganini eslatdi.
“Hamma niqob taqmanglar deb aytgan edi, endi esa birdan taqishni boshlashdi. Niqobning ham o’ziga yarasha ziyoni bor. Ammo shu bilan birga, men ulardan foyda ko’proq bo’lishiga ishonaman. Niqoblar yaxshi, ammo har bir gubernator buni o’z hal qilsin”, - deydi Tramp.
AQSh Kongressi virusga qarshi kurash choralariga pul ajratish uchun, ishsiz qolgan odamlarga yordam berishga, iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan yangi yordam paketi ustida ishlamoqda.