Obama Kongressga Kubani qora ro'yxatdan chiqarish taklifini kiritdi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Kuba-Amerika aloqalari tiklanmoqda, tarixiy burilish

Prezident Barak Obama Kubani terrorizmni qo'llab-quvvatlovchi davlatlar ro'yxatidan chiqarish borasida Kongressga taklif kiritdi. Ikki davlat o'rtasida 50 yildan ziyod davom etgan dushmanona munosabatga barham berish uchun hali ko'p ish qilish kerak. Klinton prezidentligi davrida Davlat kotibi o'rinbosari bo'lib ishlagan Tomas Pikering fikricha, Kuba va AQSh diplomatlari uchun eng qiyin vazifa - samimiy va ishonchli aloqa o'rnatish.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh-Kuba aloqalari, Behzod Muhammadiy

Panamadagi sammitda Prezident Barak Obama Kuba yetakchisi Raul Kastro bilan uchrashdi.

Davlat kotibi Jon Kerri esa orol-davlat Tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges bilan gaplashdi. Gavana va Vashington yaqinlashmoqda, deydi Kerri.

"Bu ancha vaqt oladi. Avvalo, diplomatik aloqa o'rnatish kerak. Rishtalarni normallashtirish jarayonini boshlaymiz", - deydi davlat kotibi.

Keksa siyosatdon, sobiq elchi Tomas Pikering nazarida, AQSh diplomatlariga ko'proq erkinlik berish kerak.

"Amerikaning Kubadagi diplomatlari soniga cheklov qo'yiladimi? Amerika diplomatlarining Kuba bo'ylab erkin sayohat qilishiga va kubaliklar bilan uchrashishiga imkoniyat beriladimi?" - deya so'raydi u.

Davlat kotibi Kerri Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan ishlashda katta tajriba to'pladi.

Ikki diplomat Eron bilan olib borilgan muzokaralarning so'nggi kunlarida yuzma-yuz har kuni 10 soatdan ortiq muloqot qildi.

Kerridan Kuba Tashqi ishlar vaziri Rodrigez bilan ham shunday munosabat o'rnatish kutiladi, deydi elchi Pikering.

"Shaxsan til topishish siyosiy shartlardan voz kerishni anglatmaydi. Ular bir-biri bilan ochiq gaplasha olishi, bir-birini tushunishi kerak", - deydi u.

Inson huquqlari faollari bilan ham aloqani uzmaslik muhim, deydi sobiq rasmiy. Chunki ayrimlar AQSh Kuba bilan aloqalarni tiklasa, huquqbuzarlik hollari chetda qolib ketadi degan xavotirda.

AQSh va Kuba, rejadagidek, serqirra aloqa o'rnata olsa, bundan har ikki tomon faqat yutadi.