2020-yilga borib AQShning 10 dollarlik qog'oz puliga ayol kishining surati tushirilishi kutilmoqda.
Uning surati mamlakatning birinchi Moliya vaziri Aleksandr Hamilton o'rnini egallaydi. Hamilton rasmi 10 dollarda o'tgan asrning 20-yillaridan beri chop etiladi.
Yangicha dizayn ayollarga saylash huquqini bergan konstitutsiyaviy o'zgarishning 100 yilligi munosabati bilan muomalaga kiritiladi.
Moliya vaziri Jeykob Luning aytishicha, ayni paytda "Yangi 10 talik" nomli kampaniya olib borilmoqda.
Unda pulga qaysi ayolning suratini qo'yish bo'yicha jamoatchilikning fikri o'rganilmoqda. Bu haqda so'nggi qaror shu yil oxirigacha qilinadi.
O'tgan oy yakunlangan "20 talikdagi ayollar" kampaniyasida ishtirokchilar XIX asrda quldorlikka qarshi kurashgan Harriet Tubmanga ovoz berishdi. U 20 dollarlik puldagi 7-prezident Endryu Jekson o'rnini egallashi kutilyapti.
AQSh qog'oz puliga 1896-yildan beri ayol kishining surati qo'yilmagan. O'shanda 1-prezidentning rafiqasi Marta Vashington rasmi 1 dollarlik pulda bosilgan edi.