AQShda prezidentlikka asosiy da’vogarlar Barak Obama va Mitt Romni so’nggi televizion debat chog’ida tashqi siyosat va, xususan, Yaqin Sharq borasida tortishdi. Muxbirimiz Elizabet Arrotning Qohiradan xabar berishicha, yaqin sharqliklar nazarida AQShda kim prezident bo’lishidan qat’i nazar mintaqada o’zgarish bo’lmaydi.
Yaqin Sharq so’nggi salkam ikki yildan buyon ulkan siyosiy o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Shuning uchun bo’lsa kerak, AQShda prezident saylovlari bu safar mintaqada katta qiziqish uyg’otmayapti.
Ko’pchilikning fikri bir: Obama prezident bo’ladimi, yoki Romni, farqi yo’q.
Respublikachi nomzod so’nggi teledebatda Yaqin Sharq alg’ov-dalg’ov mintaqa, dedi.
"Yaqin Sharqqa terrorizm balosidan, beqarorlikdan xalos bo’lishda yordam berishimiz kerak", - dedi Romni.
Biroq arablar nazarida amerikalik siyosatchilarning yordam haqidagi gaplari samimiy emas.
Misrlik savdogar Ayman Kamol Amerikani qo’liga xivich olgan o’qituvchi, arablarni esa sinfdagi o’quvchilarga o’xshatadi.
"Amerikadan boshqa narsa kutmang", - deydi u.
Musulmonlar Iroq istilosi, Liviyani bombardimon qilishlardan so’ng Amerika Suriya boshiga ham ularning kunini soladi, degan xavotirda. Garchi Obama harbiy aralashuv AQSh uchun ortiqcha, desa-da.
Aytish joiz, Romni ham Suriyaga nisbatan kuch ishlatilishiga qarshi.
Musulmon dunyosida o’tkazilgan so’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, Amerikaga ishonch kamaygan. Masalan, Turkiyada so’ralganlarning atigi 24 foizi Obamani qo’llab-quvvatlaydi.
Misrda esa ishonch darajasi 19 foizga tushgan. To’rt yil oldin misrliklarning 22 foizi Amerikaga ishonar edi.
Yozuvchi va siyosiy tahlilchi Hasan Nafaaning aytishicha, musulmonlar uchun Amerika saylovlarida kim g’olib bo’lishi muhim emas.
"Romnimi, Obamami, Yaqin Sharq ahliga farqi yo’q. Shuning uchun ham saylov jarayoniga qiziqishni ko’rmaysiz. Biroq ziyolilarni oladigan bo’lsak, ular Obamani Romnidan ustun qo’yadi va uning g’alabasiga umid qiladi, chunki ular nazarida Obama AQShning mintaqadagi maqsad va manfaatlariga erishish yo’lida qadamini o’ylab qo’yadi".
AQSh prezidenti 2009-yilda Misrga borib, Yaqin Sharq siyosati yangilanadi, deya umid bag’ishlagan edi. Biroq arab bahoridan so’ng bu umidlar so’ndi, deydi misrlik nasroniy Agaton Shexata.
"Obama biz kutgan ishlarni qilmadi. Romni haqida esa umuman tasavvurim yo’q", - deydi u.
Tahlilchi Hasan Nafaaning aytishicha, musulmon davlatlar AQShning arab-Isroil mojarosiga nisbatan siyosati o’zgarmaganidan xafsalasi pir.
"Qo’shma Shtatlarda davlat tepasiga kim kelishidan qat’i nazar Isroilga munosabatning o’zgarmasligi sir emas. Siyosat turg’un ekan, bizning nazarimizda Amerika Yaqin Sharq jarayonlariga salbiy ravishda ta’sir qilishda davom etaveradi", - deydi misrlik ekspert.
Obama va Romni Isroildan yuz o’girmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Shunday ekan, mintaqada Amerikaga qarshi kayfiyatlar o’zgarishsiz qoladi.

Your browser doesn’t support HTML5