AQShda qattiq qurg’oqchilik sababli bu yil hosil ancha past. Lekin avvaldan davlat sug’urtasini sotib olgan fermerlar katta zarar ko’rmadi. Hosildan foyda olmasa, davlatdan pulini oladi qo’yadi. Lekin Ayova shtatidagi bir fermer mana bir necha o’n yildirki o’zini sug’urta qilmaydi. Hosili ham kam emas. “Amerika Ovozi” dehqonning sirini aniqlashga qaror qildi.
80 yoshli Dik Tompson ko’rinishidan oddiy fermer.
“Eskichasiga ishlayman, shunisi yaxshi,” - deydi u.
Biroq Tompsonning an’anaviy ish uslubi Ayovadagi boshqa fermerlarnikidan keskin farq qiladi. Va samarali ko’rinadi. Axir, har bir gektar yerdan u boshqalarga qaraganda ko’proq foyda olayapti.
“Samaraning yagona mezoni – hosildorlik. Boshqasi yo’q”.
Fermer ishiga qiziqib qolgan olim Mett Libman Ayova dalalaridan birida tadqiqot boshladi. Dehqon nima qilsa, huddi shunday yo’l tutishga qaror qildi.
“Bu yerdaligimizning sababi ham shu – uning ish uslubi,” - deydi olim.
Tompsonning uslubi nimadan iborat? Ayovada boshqa fermerlardan farqli u hali ham chorvachilik qiladi.
“Sigirlarimni sotsam, boshqalarga o’xshab faqat makkajo’xori va soyaga suyanib qolardim,” - deydi dehqon.
Ayova qishloq xo’jaligi makkajo’xori va soyadan iborat. Aksariyat dehqonlar boshqa narsa ekmaydi. Bu yilga o’xshab, havo yomon kelsa, hosilga zarar. Fermer esa davlat sug’urta kompaniyalaridan yordam pulini oladi qo’yadi.
“Dehqonchilikni boshlaganimdan beri sug’urta sotib olmaganman”.
Zarardan kafolatlanish uchun Tompson o’zini eskichasiga himoyalaydi. Makka va soya barobarida suli va beda ham yetishtiradi, mol ham boqadi.
“Aql bilan ish tutish kerak deyman-da. Har xil ekin eksangiz, mol boqsangiz, o’zingizni asraysiz. Biri bo’lmasa, boshqasi unib chiqadi, yaxshi hosil beradi-ku, axir”.
Cho’chqa va qora mol esa faqat daromad degani emas. Go’ng ham o’zingizdan chiqadi. Demak, o’g’it sotib olishning hojati yo’q. Kimyoviy modda ishlatmayman, deydi Tompson. Go’ng solingan yer esa suvdor bo’ladi. Bu yilgi qurg’oqchilikda ayni muddao.
Boshqa fermerlar Tompsondan o’rnak olsa bo’ladi.
“Ham yerni parvarishlash, ham tabiatni asrash, ham daromad olish kerak. Hammasini qilsa bo’ladi”.
Eskichasiga ishlash uslubi - eng to’g’risi, deydi fermer.

Your browser doesn’t support HTML5