Qo'shma Shtatlar mamlakatga kelayotgan barcha xorijiy havo reyslariga qo'yilgan xavfsizlik talablarini oshirmoqda.
Yo'lovchilar ko'proq tekshiruvdan o'tadi, elektron jihozdan sinchiklab ko'zdan kechiriladi, bomba va kimyoviy moddalarni aniqlash uchun iskovuch itlar ko'payishi kutilmoqda.
Ichki xavfsizlik vaziri Jon Kellining aytishicha, yangi qoidalar kelasi bir necha oyda kuchga kiradi.
"G'animlar hujum qilishning yangidan-yangi usullarini ishlab chiqayapti. Aviatsiya xavfsizligini oshiradigan payt keldi", -deydi Kelli.
Yangi qoidalarga amal qilmagan taqdirda yo'lovchilar jarimaga tortilishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.
Your browser doesn’t support HTML5