Meksikada qaqshatqich to'fonlar, odamlar o'lgan

  • Amerika Ovozi

Siudad Akuna shahri, Meksika, 25-may, 2015

Meksikaning AQSh bilan chegaradosh hududlari kuchli to'fon ostida qolib, 13 kishi o'lgan va yuzlab uy-joy, imoratlar va tizimlar vayron bo'lgan.

Soatiga 250 kilometr tezlikda urgan ofat yengil va yuk mashinalarini birdek uchirib ketgan, ko'p qavatli binolar yer bilan yakson bo'lgan. Qidiruv ishlari avjida, vayronalar ostida qancha odam qolib ketgani mavhum.

Chegaraning bu tomonida, Texas shtatida, suv toshqini sabab 12 kishi bedarak ketgan. Meksika bo'g'ozidan Buyuk ko'llargacha bo'lgan hududda dovullar kuzatilmoqda. Texas va Oklaxoma shtatlarida uch kishi halok bo'lgan, kamida 400 xonadon yer bilan tekislangan.

Texasda ikki ming odam evakuatsiya qilingan. Shtat bo'ylab favdulodda choralar ko'rilmoqda.