Salomatlikka oid global izlanishlarga eng katta hissa qo’shib kelayotgan mamlakat - AQSh. Yangi hisobotda shunday xulosa qilinadi. So’nggi 10 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda kasalliklarga qarshi kurash yo’lida yangi vaksina, dori va tibbiy uskuna uchun Amerika 13 milliard dollardan ziyod mablag’ ajratgan.
Yangi hisobot “Hayotni saqlab qolish va ta’sir ko’rsatish: Global tibbiy tadqiqotlar ahamiyati” deb nomlanadi.
Keytlin Kristenson hisobotni chop etgan Global salomatlik texnologiyalari uyushmasi direktori:
“Uyushma deyarli 40 notijorat tashkilotdan tarkib topgan. Ular yangi vaksina, yangi dori, yangi tashxis va boshqa masalalarda muammolarni hal etishga bel bog’lagan”.
Uyushmaga Bill va Melinda Geyts jamg’armasi homiylik qiladi.
Qo’shma Shtatlar sog’liqni saqlash sohasiga e’tibor va sarmoya kiritib, butun dunyo, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda tub ijobiy o’zgarishlarga turtki berayapti, deydi Kristenson:
Masalan, meningitga qarshi yangi vaksina ishlab chiqildi. Kelasi 10 yilda dori 440 ming odamni darddan xalos etadi. Sil kasalini aniqlashning yangi yo’li kashf etildi. Natijada tuberkulyozning doriga chidamli turi bilan og’riganlar qancha ekani tezda aniqlanadi, deyiladi hisobotda.
Kristenson fikricha, AQSh hukumati byudjet kamomadi bilan olishayotgan bir pallada hisobot chop etilgani mablag’ni samarali taqsimlashda yordam beradi.