AQSh hukumati koronavirusga qarshi vaksina ustida izlanish olib borayotgan “Novavaks” (Novavax) kompaniyasiga sinovlarni o’tkazish va vaksinani bozorga olib chiqish uchun 1,6 milliard dollar bergan. Vaksina tayyor bo’lganida “Novavaks” 100 million dozasini hukumatga yetkazib beriadi.
Your browser doesn’t support HTML5
Oq uy koronavirusga qarshi vaksina va dori ishlab chiqarishni tezlashtirish maqsadida bir nechta kompaniyani moliyaviy tomondan qo’llab-quvvatlamoqda.
Xususan, “Jonson va Jonson” (Johnson & Johnson) kompaniyasiga mart oyida 456 million dollar, aprel oyida “Moderna”ga 486 million dollar, Oksford universiteti bilan birga izlanish olib borayotgan “AstraZeneka” (AstraZeneca) kompaniyasiga may oyida 1,2 milliard dollar hamda “Imerjent Bayosolushnz” (Emergent BioSolutions) kompaniyasiga 628 million dollar sarmoya kiritgan.
“Vaksinaning 100 million dozasini joriy yilning to’rtinchi choragidan boshlab kelasi yil yanvari yoki fevraligacha yetkazib beramiz”, - deydi “Novavaks” rahbari Stenli Erik.
Oq uy bergan pul hisobiga oktabr oyida boshlanishi rejalangan ko’ngillilar ishtirokidagi sinovning uchinchi bosqichi bilan bog’liq xarajatlar qoplanadi.
AQShda uch milliondan oshiq odam koronavirus yuqtirgan - dunyo bo’ylab kasallanganlarning choragi. Vaksina nafaqat samarali, balki xavfsiz bo’lishi muhim ekani aytilmoqda.