AQSh immigratsiya uchun 18 milliard dollar sarflamoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Pro-Russian armed men walk in an entrance to a border guard base, which they seized, on the outskirts of Luhansk, Ukraine, June 4, 2014.

AQSh chegaralarini noqonuniy immigrantlardan himoya qilishga sarflanayotgan mablag’ yildan yilga oshib bormoqda.

Migratsiya siyosatini o’rganuvchi mustaqil bir tashkilot yaqinda e’lon qilgan hisobotga ko’ra, o’tgan yilning o’zida immigratsiya bilan shug’ullanuvchi davlat idoralari uchun 18 milliard dollar ajratilgan.

Bu AQShning barcha huquq-tartibot idoralari yillik byudjeti yig’indisidan uch milliard dollarga ko’p.

Your browser doesn’t support HTML5

AQShning immigratsiya byudjeti, Behzod Muhammadiy


Klaudiya Xernandes boshqa amerikaliklar kabi har kuni barvaqt turib ishga boradi, farzandlariga qarash uchun kechqurun uyiga qaytadi. Uning boshqalardan farqi shuki, Klaudiya AQSh fuqarosi emas.

“13 yoshligimda Kaliforniyaga kelganimdan beri hujjatim yo’q. Kaliforniyada 20 yilcha yashadim. 10 yil oldin Merilendga ko’chib keldim”, - deydi u.

Klaudiya AQShda uzoq yillar yashab ishlagach, nihoyat qo’lga tushdi. Uni deportatsiya qilishmoqchi bo’ldi.

“Agar meni mamlakatdan haydashsa, bolalarimga kim qaraydi? Qizim har kuni maktabga boradi. Uning sog’lig’i, nima yeb, nima ichishiga kimdir qarab turishi kerak. Qizim keyin qayerda yashaydi?”, - deydi Klaudiya.

Immigratsiya uchun ajratilayotgan mablag’ miqdori oshgan sari deportatsiyaga uchrayotganlar soni ham ortmoqda. AQShda muhojirlarga yordam beruvchi guruhlar bundan tashvishda. “Ayuda” tashkiloti vakili Jeymi Farant muhojirlarga huquqiy yordam ko’rsatadi.

“Chegara nazorati kuchaygan sari muhojirlar chegarani kesib o’tish uchun yordam so’rab, uyushgan jinoiy guruhlarga murojaat etmoqda”, - deydi u.

Meksika chegarasida kuchaygan zo’ravonliklar munozaralarni yanada avj oldirdi.
Chegarani qo’riqlashga yordam berayotgan ko’ngillilar ham xavf oshgani uchun faoliyatini to’xtatgan. Buning uchun 18 milliard dollar ham kam, deydi ko’ngillilardan biri Jim Gilkrist.

“Mashinada narkotik modda va odam tashiyotganlar hali ham ko’p. Giyohvand modda va odamlarni piyoda olib o’tayotganlar ham bor”, - deydi u.

Immigratsiya eng qizg’in mavzulardan biri. Sohani isloh qilishga bo’lgan urinishlarda olg’a siljish yo’q. Lekin Kongressda bu mavzuni ko’tarib chiqayotgan qonunchilar ko’paymoqda.

Jorj Meyson universiteti professori Deyvid Xart ijobiy o’zgarish bo’lishidan umidvor.

“Mamlakatga kirib kelayotgan odamlar soni haqida gaplashish fursati keldi. Biz Amerikaga qanday odamlarning kelishini istaymiz? Bu haqda hech jiddiy o’ylab ko’rmadik. Chegara bilan o’ralashib qolganmiz”, - deydi professor.

Klaudiya Xernandez omadli chiqdi. Deportatsiyaga qarshi sud ishida yutib, qonuniy muhojirga aylandi.

“Umrimning yarmidan ko’pini shu yerda o’tkazdim. Amerikani yaxshi ko’raman. Bu mening mamlakatim”, - deydi u.

Klaudiya bir kun kelib AQSh fuqarosi bo’lishni orzu qiladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerika dalalaridagi muhojirlar/Immigration Reform US Farmers