Pentagonning bildirishicha, Suriyada AQShning havo hujumida "Islomiy davlat" to'dasining yirik a'zosi yo'q qilingan.
Tariq bin Tahar al-Avni al-Harziy jangarilar uchun moliya jamg'arishda jonbozlik ko'rsatgan.
U, shuningdek, ajnabiy jangchilarni yollashga bosh-qosh bo'lib, Davlat departamenti uni "xudkush terrorchilarning amiri" deya ta'riflagan.
Pentagon matbuot kotibi, kapitan Jeff Deyvisning aytishicha, al-Harziy 16-iyun kuni Shaddodiy shahrida o'ldirilgan. Uning o'limi "Islomiy davlat"ning ajnabiy jangarilarni yollash salohiyatiga jiddiy zarbadir, deydi u.
AQSh rasmiylari o'tgan yilning kuzida al-Harziyni terrorchilar ro'yxatiga kiritgan edi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5