Koreya yarimorolida vaziyat beqaror. AQSh Yaponiya va Janubiy Koreya o’rtasida yuzaga chiqqan so’nggi kelishmovchiliklar tezroq bartaraf etilsin deya undamoqda.
Yaponiya vazirlari urush yodgorligiga tashrif buyurgach, Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri shu hafta Tokioga belgilangan safarini bekor qildi. Rasmiy Seul nazarida, yapon rasmiylari ziyorat qilgan yodgorlik janubiy koreyaliklarni mustamlakada saqlab kelgan o’tmishni ulug’laydi.
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Shimoliy Koreya tahdidiga qarshi kurashda Yaponiya va Janubiy Koreyaning o’zaro hamkorligi juda muhim. Shuning uchun Vashington Tokio va Seul o’rtasiga tushgan sovuqlikni oradan ko’tarish niyatida.
Davlat departamenti so’zlovchisi muovini Patrik Ventrelning aytishicha, hududdagi davlatlarning, xususan, ittifoqdosh Janubiy Koreya va Yaponiyaning o’zaro kuchli va konstruktiv aloqaga ega bo’lishi mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlaydi hamda o’sha yerdagi o’lkalar va AQSh manfaatlariga xizmat qiladi.
Yaponiya rasmiylari munozaralarga sabab bo’layotgan yodgorlikni borib ko’rgach, Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Ben Se Tokioga rejalangan safarini qoldirdi.
Seul tanqidiga sabab yodgorlik urushda qurbon bo’lgan yapon askarlari sharafiga qurilgan. Ayrimlari urush jinoyatlarida aybdor deb topilgan. Uzoq yillar Yaponiya mustamlakasi ostida yashagan koreyaliklar obidani yapon imperializmining ramzi sifatida ko’radi.
“Biz yapon hukumatini bunday o’rinsiz harakatlardan o’zini tiyishga, tarixni to’g’ri o’rganib, undan to’g’ri xulosa chiqarishga chaqiramiz. Har ikki qo’shni o’lka o’rtasida ishonchni qayta tiklashning yo’li shu”, - deydi Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri.
Yaponiya esa urush obidasiga tashrif rasmiy emas, balki ayrim rasmiylarning shaxsiy tashabbusi bilan amalga oshganini aytadi.
“Har bir davlatning o’z qarashi mavjud. Bu hol ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalarga ta’sir qilmasligi kerak”, - deydi Yaponiya vazirlar mahkamasi kotibi Yoshixide Suga.
Amerika Biznes institutining Yaponiya markazi rahbari Maykl Oslinga ko’ra, aloqalarning sovuqlashgani Vashingtonni tashvishga solmoqda.
“Yaponiya va Janubiy Koreya o’zaro kelisha olmayotgani bois ko’plab muhim masalalarni muhokama qilishda hanuz oldinga siljish yo’q. Tokio va Seulni yarashtirish masalasini allaqachon hal qilgan bo’lishimiz kerak edi”, - deydi tahlilchi.
Oslinning aytishicha, Yaponiyaning o’tmishni ulug’lashi muammoning chigal qismi. Ammo har ikki davlat ko’proq kelajak haqida o’ylashi kerak, deydi u.
“Har ikki mamlakat yuz tutayotgan muammo bir xil: Shimoliy Koreya bir tomondan tahdid solayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan Xitoy yaqin va uzoq kelajakda yanada kattaroq xavf tug’dirishi mumkin. Shuning uchun Tokio va Seul ular birga ishlashi kerak”, - deydi ekspert.
Yapon dengizida joylashgan Liankur qoyalari ham Tokio va Seul o’rtasida talash. Bu hududlar hozir Janubiy Koreya nazorati ostida, ammo Yaponiya ularning o’ziga tegishli ekanini da’vo qiladi.

Your browser doesn’t support HTML5