Pentagon rahbari Janubiy, Shimoliy Koreya chegarasida bo’ldi

  • Amerika Ovozi

Chak Xeygl Janubiy Koreya Mudofaa vaziri Kim Kvan Jin bilan birga chegaradagi qishloqlarni ko’zdan kechirgan. Undan keyin vazir Seulda Janubiy Koreya rahbari Pak Gin Xe bilan ko’rishdi.

Amerika Mudofaa vaziri Chak Xeygl bugun Shimoliy va Janubiy Koreyani ajratuvchi betaraf hududda bo’ldi. Uning jurnalistlarga aytishicha, kuchli mudofaalangan manzilda xavfsizlikka ko’z quloq bo’lish lozim.

Xeygl Janubiy Koreya Mudofaa vaziri Kim Kvan Jin bilan birga chegaradagi qishloqlarni ko’zdan kechirgan. Undan keyin vazir Seulda Janubiy Koreya rahbari Pak Gin Xe bilan ko’rishdi.

Seul shimoliy qo’shnisining kimyoviy qurol zaxirasidan xavotir bildirib keladi.

Xeyglning aytishicha, Pxenyan Suriyada ommaviy qirg’in qurollarini yo’q qilishga doir sa’y-harakatlarni diqqat bilan kuzatib borayotgani aniq.

Pentagon boshlig’i AQShning Janubiy Koreyadagi harbiy salohiyati, mahalliy armiya ustidan nazorati, mamlakatda xizmat qilayotgan 28 ming amerikalik askar haqida gaplashdi.

2015-yilda Janubiy Koreya o’z qurolli kuchlari ustidan nazoratni butunlay qo’lga olishi rejada.

Chak Xeygl ittifoqchi bu ikki mamlakat o’rtasidagi harbiy hamkorlikning 60 yilligi munosabati bilan tantanalarda ham qatnashadi.