Amerika shimoli-g'arbidagi Vashington shtatida savdo markazida juma kechqurun bir kishi otishma boshlab, besh odamni o'ldirgan.
Politsiya oyoqqa turgan, hujumchi qidiruvda. Burlington shahrida "Macy's" do'konida ro'y bergan bu hodisada to'rt ayol va bir erkak nobud bo'lgan.
Guvohlarning aytishicha, o'q ovozlari eshitilgani zahoti odamlar do'kondan qochib chiqa boshlagan.
Serjant Mark Fransisning aytishicha, hujumchi qo'lida quroli bilan binoni tark etishga muvaffaq bo'lgan.
Rasmiylar ijtimoiy tarmoqlarda joylagan suratda kulrang kiyim kiygan, mutasaddilar ta'rifi bilan aytganda "ispanzabon shaxs"ni ko'rish mumkin.
Hujum ortidagi sabablar noma'lum.
Federal qidiruv idorasi Burlington politsiyasiga yordam tariqasiga o'z agentlariga safarbar etgan.