Al-Shabab AQSh va Kanada savdo markazlarini portlatmoqchi

  • Amerika Ovozi

Somalidagi al-Shabab jangari guruhi AQSh va Kanadada savdo markazlarini portlatishi haqida do'q-po'pisa qilgach, Amerikaning Minnesota shtatidagi "Mall of America" va Kanadaning Edmondon shahridagi "Edmonton Mall" markazlari xavfsizlik choralarini kuchaytirishi haqida e'lon qildi.

Al-Qoidaga aloqadorligi shubha qiinayotgan al-Shabab shanba kungi video murojaatida do'konlarda g'arbliklarga hujum qilishini bildirgan. Ular Britaniyani ham tilga olgan.

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Jex Jonson tahdidni jiddiy qabul qilamiz, dedi. Unga ko'ra, jangari guruhlar mamlakatlar ichidagi fuqarolarga murojaat qilib, ularni o'z yurtida xuruj uyushtirishga da'vat etmoqda.

Al-Shabab 2013-yil sentabrida Keniyaning Nayrobi shahridagi yirik savdo markaziga hujum qilib, 67 odamning o'limiga sabab bo'lgan.

Minnesotada Somalidan kelgan ko'plab muhojirlar yashaydi. Tergovchilarga ko'ra, jamoaning ayrim a'zolari 2007-yildan beri xorijga chiqib, "Islomiy davlat" va al-Shababga qo'shilgan yoki yordam berishga harakat qilgan.