AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta Bryusselda NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari majlisida ishtirok etar ekan, Afg’onistonda koalitsiya va mahalliy qo’shinlar o’rtasidagi ishonchga putur yetkazgan ichki hujumlarni to’xtatishga qaratilgan choralar haqida so’zlagan.
Yil boshidan beri xalqaro kuchlarning 50 dan ortiq harbiysi politsiya yoki harbiy forma kiygan jangarilar o’qidan yohud haqiqiy afg’on zobitlari qurolidan o’lgan.
Sababidan qat’i nazar, deydi Panetta, dushman ittifoqchilar o’rtasiga nizo solmoqchi.
"Bunga yo’l qo’ymaymiz", - deydi AQSh mudofaa vaziri.
Bugun NATO rahbariyati, shuningdek, AQSh va alyans kuchlarining Afg'onistondagi qo'shinlari qo’mondoni general Jon Allenni NATO kuchlarining oliy qo’mondoni lavozimiga tayinladi. AQSh Senati tasdiqlasa, Allen ishga 2013-yilda kirishadi. Uning hozirgi lavozimini esa AQSh generali Jozef Danford egallaydi.