Prezident Obamaning Keniyadagi buvisi 94 yoshida ham faol

  • Amerika Ovozi

Sara Obama

Prezident Barak Obamaning o’gay buvisi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tadbirkor ayol mukofoti bilan taqdirlandi. Keniyada yashovchi keksa ayol vatanida kambag’al bolalar va beva-bechoralarga yordam berib tanilgan. Bu maqsadda ta’sis etilgan jamg’arma hozirda maktab va kasalxona qurishni rejalamoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Prezident Obamaning Keniyadagi buvisi 94 yoshida ham faol - Navbahor Imamova

94 yoshli ayol o’zini Mama Sara Obama deb tanishtiradi. Bu yoshda Keniyadan Amerikaga kelib ketish oson emas. Yo’l uzoq.

Butun hayotini ta’limga bag’ishlagan onaxon Nyu-Yorkdagi bir maktabni borib ko’rdi. Tarjimon orqali bolalar bilan muloqot qildi.

“Maktabda yaxshi o’qisangiz, hammasi zo’r bo’ladi”.

Amerika rahbarining otasiga o’gay ona bo’lgan bu ayol vatanida beva-bechoralar va yetimlarga yordam berib kelgan.

BMT televideniyesi orqali u o’z hayoti haqida hikoya qilib, yoshligida unga o’qishni hech kim o’rgatmaganini aytdi.

“Maktabga bormaganman, ta’lim olish imkonim bo’lmagan, ammo doim o’qishga intildim. Shu sabab barcha farzandlarimni o’qitdim, prezident Obamaning otasini ham”,- deydi Sara Obama.

“Chunki o’qimishli odam mustaqil bo’ladi, o’zini boqa oladi. Shuning uchun har bir bola o’qishi kerak”.

Aynan shu sababdan faol yetimlarning boshini silaydi.

Mama Sara Obama o’z jamg’armasi uchun mablag’ yig’ishdan to’xtamaydi. Hozirgacha to’plangan 250 ming dollarga yosh bolalar uchun ta’lim markazi bunyod etsa bo’ladi.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh prezidentining buvisi - Afrikada tanilgan faol "Mama" Sarah Obama