Obama qonunchilarga immigratsiya islohoti haqida eslatdi

  • Amerika Ovozi
Prezident Barak Obama Kongressni immigratsiya islohotiga doir qonun qabul qilishga undamoqda.

Yil boshida Senatda ko’pchilik tomonidan ma’qullangan hujjat ana shu maqsad tomon jiddiy qadam bo’ldi, deydi prezident.

Unda chegarani mustahkamlash, hujjatsiz muhojirlarni ishga olgan kompaniyalarni javobgarlikka turish, adliya tizimini isloh qilish, shuningdek, noqonuniy muhojirlar uchun qat’iy shartlar asosida fuqarolikka yo’l ochish kabi bandlar bor.

Obamaning aytishicha, ushbu loyiha Vakillar Patalasida ham ovozdan o’tsa iqtisodiy o’sishga va byudjet kamomadini kamaytirishga xizmat qilgan bo’lardi.

AQShda 11-12 million atrofida hujjatsiz muhojir bor. Aksar amerikaliklar immigratsiya tizimi islohotga muhtoj ekanini aytadi.

Ammo Vakillar Palatasida hukmron respublikachilar Obama olg’a surayotgan keng qamrovchi islohot dasturini yoqlashi gumon.