Pokiston va Qo’shma Shtatlar 2015-yilgacha NATO yukini Afg’onistonga olib o’tish xususida yangi bitim imzoladi.
Amerika Afg’onistonda Tolibon va al-Qoidaga qarshi urush boshlaganidan qariyb 11 yil o’tib, Islomobod va Vashington nihoyat tranzit yuzasidan kelishib oldi. Xalqaro koalitsiyaga atalgan yuk shu paytgacha norasmiy kelishuv asosida o’tar edi.
O’tgan yili AQSh havo kuchlari Afg’oniston bilan chegaradosh hududda Pokistonning 24 askarini o’ldirganidan beri aloqalar taranglashgan va NATO uchun yo’llar bekilgan edi. Obama ma’muriyati Pokiston zobitlarining o’limi yuzasidan kechirim so’ragan. Iyul oyi boshida Islomobod tranzitga qisman ruxsat bergan edi. Ravalpindida 31-iyul kuni imzolangan hujjatga ko’ra, tomonlar nafaqat NATOga yuk tashish, balki terrorizmga qarshi qanday kurashish borasida ham bir fikrga kelgan.
“Bu ilk konkret qadam”,- deydi Richard Xoagland, AQShning Islomoboddagi bosh diplomati. Ikki davlat harbiy va no-harbiy masalalarda birga ishlamasa bo’lmaydi, deydi u.
Shartnoma imzolanishi bilan Vashington Pokiston uchun atalgan, ammo Kongress tomonidan muzlatilgan 1 milliard dollarlik harbiy yordamni uzatishini ma’lum qildi. Kongressda qarshilar ko’p, ammo Oq Uy Afg’onistondagi urushni tugatishda Pokiston bilan ishlash qanchalik muhim ekanini eslatmoqda.
Pokiston prezidentining mudofaa masalalari bo’yicha kotibi Osif Yasin Malik deydiki, uning davlati nafaqat o’z manfaatlari, balki butun mintaqa foydasini o’ylamoqda.
Kelishuvga binoan, NATO Pokiston orqali yonilg’i va boshqa zarur mahsulotlar olib o’tadi. Buning uchun haq to’lanmaydi. Qurol-aslahaga kelganda, NATO faqatgina afg’on armiyasiga atalgan vositalarni olib o’tishi mumkin.
Pokiston maxfiy xizmati rahbari general leytenant Zahirul Islom Vashingtonda Markaziy Razvedka Agentligi direktori Deyvid Petreus bilan muzokarada.
Zahirul Islom Vashingtondan Afg’oniston bilan chegaradosh hududlarga uchuvchisiz qiruvchi samolyotlarni safarbar etmaslikni so’ramoqda. Terrorchilarga qarshi biz o’zimiz kurashamiz, deydi Islomobod rasmiylari, AQSh texnologik yordam bersin xolos.
Lekin Vashingtonda bunga ishonch past. Pokiston maxfiy xizmati jangari guruhlar, jumladan, Haqqoniylar bilan til biriktirgan, terror guruhlaridan Hindiston singari davlatlarga nisbatan ta’sir vositasi sifatida foydalanadi degan qarash keng tarqalgan. Pokiston hukumati bunday iddaolarni rad etadi.
Obama ma’muriyati Kobul va Islomobodga yangi elchilar yuborish niyatida. Lekin nomzodlar avval Senat tasdig’idan o’tishi kerak.
Senatning Tashqi aloqalar bo’yicha qo’mitasida qonunchilarning savollariga javob berar ekan, Richard Olson, Pokistonda elchilikka ko’rsatilgan tajribali diplomat, barqarorlik va demokratiyani targ’ib qilish kerak, dedi.
"Pokiston bilan qattiq ishlashimiz kerak. Bu jamiyat qanchalik tinch va totuv yashasa, iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlansa, mintaqa shunchalik barqaror bo’ladi va bu bizga faqat foyda keltiradi”, - deydi Olson. Uning ta’biricha, Afg’oniston tinchligi Pokistonga chambarchas bog’liq.
Jeyms Kanningxem, Kobulga elchi sifatida borishi kutilayotgan diplomat, ham shu fikrda.
“Bugunga kelib, Afg’onistonni taraqqiyot tomon yetaklovchi uzoq muddatli tizim ildiz ota boshlagan. Buni hech kim rad etolmaydi. Afg’oniston o’zgarmoqda va bu jarayon endi to’xtamaydi. Astalik bilan bu jamiyat tashqi dunyo yordamida oyoqqa turadi”, - deya ishonch bildiradi Kanningxem.
Amerika Afg’oniston, Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlarini tashlab qo’ymaydi, ular bilan yaqindan hamkorlik qilishi kerak va qiladi ham, deydi diplomat.
Olson va Kanningxem nazarida Tolibon va unga hamkor boshqa jangari guruhlar mintaqaviy hamkorlikka eng katta tahdid sifatida qaraydi. Ularni shu yo’l bilan yanchish mumkin, deydi diplomatlar. Davlatlar bir yoqadan bosh chiqarishi shart.
Lekin Senatda afg’on urushidan to’yganlar ko’p. Jumladan, keksa qonunchi, respublikachi Richard Lugar.
Uzoq yillar Amerikaning sobiq Sovet davlatlari, ayniqsa, Markaziy Osiyo bilan hamkorligi boshida turgan bu senator, Afg’onistondan butkul chiqib, e’tiborni va mablag’ni o’zimiz uchun sarflash vaqti yetdi, deydi. Milliardlab dollar ko’zlangan natijani bermadi, qo’shinni tezlikda chiqarib, ichki muammolar haqida o’ylash kerak, deydi senator.
Lekin bu bilan Richard Lugar tashqi siyosat muhim emas deyayotgani yo’q. Uning ta’biricha, Markaziy va Janubiy Osiyo tinchligi va farovonligi uchun avvalo bu davlatlarning o’zi qayg’urishi kerak.
Demokrat senator, qo’mita raisi Jon Kerri Amerika mintaqani tashlab qo’ymaydi desa, respublikachi senator Bob Korker, Pokiston hukumatini tekinxo’rlikda, milliardlab dollarni yeb, na xalqi va na tinchlik haqida o’ylayotganlikda ayblaydi. Vashington bu davlatga zarracha ishonmasligi kerak, deydi u.
Elchilikka ko’rsatilgan diplomatlar nazarida esa Amerika global yetakchilikni qo’ldan boy berishni istamasa, dunyoning bu qismlarida yanada faolroq harakat qilishi, nafaqat hukumatlar, balki oddiy aholi bilan yaqindan aloqada bo’lishi kerak.