Pokiston Mudofaa vaziri Ahmad Muxtor Qo'shma Shtatlardan Pokiston janubi-g'arbidagi chekka harbiy-havo bazasini tark etishni so'ragan. Baza Balujiston viloyatida joylashgan.
Vazirning aytishicha, AQSh u yerdan turib Tolibon va al-Qoida jangarilariga qarshi havodan hujumlar uyushtirib turadi. Ammo AQSh rasmiylarining ta'kidlashicha, Shamsi bazasida Amerika harbiylari yo'q.
Amerika hukumati pilotsiz samolyotlar yordamida jangarilarni o'qqa tutishini rasman tan olmagan.