Markaziy va Sharqiy Yevropaning sobiq kommunistik davlatlari iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirar ekan, Amerikaga umid bilan qaramoqda.
Biroq Vengriya bosh vaziri o’rinbosarining Amerika Ovoziga aytishicha, so’nggi yillarda Qo’shma Shtatlar tashqi siyosatda bu davlatlardan uzoqlashgan.
Barak Obamaning qayta saylanishiga Yevropaning bu qismida munosabat qanday?
6-noyabr, seshanba. Budapeshtning nufuzli otellaridan birida Vengriya harbiy-havo kuchlari orkestri ijrosida Amerikaning klassik musiqalari yangramoqda. Bir yarim mingga yaqin odam AQShda prezident saylovlarini kuzatish uchun taklif etilgan. Ular orasida Amerika fuqarolari va diplomatlari, vengriyaliklar, siyosatchilar, jurnalistlar, san’at ahli bor.
Ulkan zal AQSh davlat bayrog’i ranglaridagi sharlar va nomzodlarning portretlari bilan bezalgan. Xona Oq uydagi prezident kabinetiga o’xshatib, tayyorlangan.
Katta televizion ekranlarda Amerikadan saylov natijalari namoyish etib turildi. Barak Obamaning g’alabasi e’lon qilingach, unga xayrixohlar qarsak chaldi, xursandchiligini izhor etdi.
Birin-ketin Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarining rahbarlari tabriknomalar yubora boshladi.
Obamaning qayta saylangani mintaqa uchun yaxshimi, yomonmi, aniq bir fikr yo’q. Vengriya bosh vazirining o’rinbosari Tibor Navrajich Amerika Ovozi bilan suhbatda Obama bu hududga kattaroq e’tibor beradi, deya umid qilmoqda.
"Markaziy Yevropa davlatlari Amerika tashqi siyosatidan daf bo’lganday. AQShdagi siyosiy tahlilchilar va markazlar nazarida mintaqa xavfsiz, o’zini eplay oladi, ammo hech kim Rossiyaning hududda ta’siri kuchayayotganini ko’rmayapti", - deydi Vengriya rasmiysi.
Bu davlat qit’ada iqtisodiy tanazzul asoratlari bilan olishar ekan, Xalqaro valyuta jamg’armasi va Yevropa Ittifoqidan salkam 20 milliard dollar miqdorda moliyaviy yordam olishga umid qilmoqda.
Navrajichning aytishicha, sarfiyatlarni keskin kamaytirish hamda bank va xorijiy kompaniyalarga solingan soliqlarni bekor qilish talabiga doir tortishuvlarga qaramay, Vengriya yaqin orada yordam pulini olishi mumkin.
Yevropa Parlamenti prezidenti Martin Schuls nazarida ham Qo’shma Shtatlar tashqi siyosatida Yevropaga nisbatan passivlik sezilmoqda.
"So’nggi 2-3 yilda Yevropa Ittifoqi va AQSh munosabatlarida o’ziga yarasha toliqishni ko’ryapmiz. Barak Obamaning qayta saylanishi ijobiy hol. U global moliyaviy qalloblik va iqlim o’zgarishiga qarshi kurashda, tinchlik, adolat va taraqqiyot bobida hamkorlikni kuchaytirish tarafdori ekanini aytib kelgan", - deydi Shuls.
Ammo Polsha Tashqi ishlar vaziri Radek Sikorski deydiki, Yaqin Sharq Amerika xayolini o’g’irlagan.
Demokratik partiyaning qayta saylangan prezidentlari odatda ikkinchi muddat davomida Isroil-Falastin mojarosi bilan ko’proq shug’ullanadi, deydi u
“Falastin davlatini barpo etish Obamaning va’dalaridan biri”, - deydi Sikorski.
Qo’shma Shtatlar Xitoyning Osiyodagi ta’sirini tushirish maqsadida Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ham faollashishi haqida ko’p gapirilmoqda.
Shunga qaramay Markaziy va Sharqiy Yevropadagi rahbarlar prezident Obama tashqi siyosati va kelasi to’rt yillik jadvalida mintaqa muammolari bilan shug’ullanishga ham vaqt topiladi, deya umid qilmoqda.