Kecha AQShning Oregon va Kentuki shtatlari prezidentlikka nomzodlarga ovoz berdi.
Oregonda senator Berni Sandersning qo’li baland keldi. Kentukida esa ovozlar deyarli teng bo’lsa-da, Hillari Klinton g’alabaga da’vo qilmoqda.
Senator Sanders Kentukida uni qo’llab-quvvatlagan saylovchilarga rahmat aytib, shtatdagi qonun-qoidalarni tanqidga oldi.
Hech bir partiyaga a’zo bo’lmagan mustaqil saylovchilar ovoz bera olmadi, bu sharmandalik, deydi u.
Nomzodlik uchun kurashayotgan ikki demokrat Kentukida deyarli teng ovoz olgani sabab delegatlar ham teng taqsimlanadi.
Ammo Hillari Klinton umumiy hisobda Sandersdan ancha oldinda va iyun o’rtalariga borib nomzodlikni qo’lga kiritishi kutilyapti.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5