AQSh Sudanni terrorizm homiylari ro'yxatidan chiqardi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat departamenti Sudanni terrorizmga homiy davlatlar ro’yxatidan olib tashladi. Sudan ushbu qora ro’yxatga 1993-yilda kiritilgan edi. Qo’shma Shtatlar sobiq prezident Umar Bashirni terrorchilar, xususan al-Qoidaning marhum rahbari Osama bin Ladenga boshpana berganlikda ayblab, Sudanga moliyaviy yordam va sarmoyalarni to’xtatib qo’ygan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 14-dekabr, 2020-yil

Mamlakatni 30 yil boshqargan Bashir 2019-yilda davlat to’ntarishi oqibatida hokimiyatdan ag’darildi.

Isroil va Sudan diplomatik aloqalarni o’rnatish rejasi haqida ma’lum qilishi hamda Sudan hukumati terrorizmdan jabr ko’rgan amerikaliklar va ularning oilalariga 335 million dollarlik kompensatsiya pulini to’lashga rozi bo’lishi ketidan AQSh Prezidenti Donald Tramp oktabr o’rtalarida Sudanni qora ro’yxatdan chiqarish qarorini ma’lum qilgan.

Umar Bashir hokimiyatdan ketganidan beri Sudan AQSh bilan terrorga qarshi kurashda hamkorlik qilib kelmoqda.

AQShning terrorizmga homiy davlatlar ro’yxatida 3 ta mamlakat qolgan – Eron, Shimoliy Koreya va Suriya.