Qo’shma Shtatlar sobiq prezident Donald Tramp paytida Falastinga to’xtatilgan yordamni jonlantirishga qaror qildi. Yangi prezident Jo Bayden ma’muriyati Tramp qarorini bekor qilib, Falastinga BMT orqali ko’p million dollarlik yordamni tikladi.
Your browser doesn’t support HTML5
Xususan, gumanitar yordam uchun 150 million, G’arbiy Sohil va G’azo Sektori iqtisodiyoti va taraqqiyoti uchun 75 million, tinchlikparvar dasturlar uchun 10 million dollar ajratiladi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
Yordam 2018-yilda to’xtab qolgan edi. Trampning o’shanda aytishicha, Amerika o’z yordami evaziga Falastindan na hurmat, na minnatdorchilik ko’radi. Qo’shma Shtatlar BMTning Falastin uchun atalgan yordamining uchdan birini ajratar edi. Shu kungacha AQSh muxtoriyatga 6 milliard dollardan ko’p pul bergan.
Falastinlik qochqinlar AQSh yordami tiklanganidan xursand ekanini aytmoqda.
"Pandemiya paytida odamlar ishlamadi, pul topmadi. Qochqinlar lagerlari uchun yordamga juda muhtojmiz”, - deydi Subhi Allian ismli 71 yashar falastinlik.